Institut Nizomi

OLIY TA’LIM MUASSASASINING ASOSIY VAZIFALARI

SBUMIPTKning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– Shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy-axloqiy kamol topishiga bo’lgan ehtiyojlarini oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ma’lumot olishi orqali erishishni qondirish;

– Iqtisodiyotning tegishli sohalari bo’yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

– Oliy ta’limdan keyingi ta’limda katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchi sifatida oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;

– Jamiyatning axloqiy, madaniy va ilmiy qadriyatlarini saqlash va boyitish;

– Aholi o’rtasida bilimlarni tarqatish, uning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy darajasini ko’tarish;

– Ilmiy-pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilarning ilmiy-tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fanni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan ta’lim jarayonida foydalanish;

– Har tomonlama rivojlangan va sodiq shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini o’z Vatani fidoiysi, xalq, jamiyat va oila oldidagi o’z mas’uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, xalq an’analarini boyituvchi va mustahkamlovchi, Vatan kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi etib shakllantirish;

– Ilmiy-texnik ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy qilish; sanoat ob’ektlarini loyihalashda ishtirok etish; texnik-iqtisodiy asosnoma va me’yoriy-texnik hujjatlar ishlab chiqish; loyiha-smeta hujjatlarini tuzish; ishlab chiqarishning sanoat havfsizligi tizimlari bo’yicha xulosalar berish;