Joriy yilning 24-aprel kuni Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti rahbari boshchiligida talaba-yoshlar ishtirokida Amir Temur muzeyi hamda Amir Temur xiyoboniga tashrif tashkil etildi.
Tashrif davomida talaba-yoshlarga Sohibqiron Amir Temurning hayoti, uning davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati, jasorati va tariximizdagi beqiyos o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar qalbida milliy qadriyatlarimizga hurmat, tarixiy merosimizga ehtirom hamda buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iboratdir.