“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi.

Belarus-O‘zbekiston qo‘shma texnik kvalifikatsiyalar instituti talabalari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek yoshlar o‘rtasida “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi g‘oyalarini keng targ‘ib etish maqsadida respublika miqyosida yirik tanlov start oldi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy haftalik gazetasi tahririyatining qo‘shma qaroriga muvofiq, joriy yilning iyul-avgust oylarida talabalar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlovning asosiy yo‘nalishlari va maqsadlari:
- Talabalarda ijodiy fikrlash va badiiy tasavvurni kengaytirish;
- Yoshlarda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish;
- Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida mamlakatimizdagi islohotlar sarhisobini ijodiy yoritish;
- Milliy qadriyat va an’analar ruhini badiiy talqinda targ‘ib etish.

Ijodiy ishlarni qabul qilish:

Tanlovda ishtirok etishni istagan institutimiz talabalari o‘z ijodiy ishlarini 2026-yilning avgust oyi yakuniga qadar quyidagi manzillarga taqdim etishlari so‘raladi:

Elektron shaklda: @insho2026_bot rasmiy Telegram boti orqali;

Yozma (bosma) shaklda: Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy

Rag‘batlantirish: Tanlov g‘oliblarini tashkil etish va pul mukofotlari bilan taqdirlash Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan kafolatlanadi. Eng yaxshi deb topilgan ijodiy ishlar “Jadid” gazetasi tahririyati tomonidan maxsus kitob holida chop etiladi va joylarda taqdimotlari o‘tkaziladi.

Institutimizning barcha iqtidorli va ijodkor yoshlarini ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi.