O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-2-son qarori bilan belgilangan “2026-yilda Respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institutimizda o‘quv-seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar Ichki ishlar organlari hamda Mahalla uyushmasi xodimlari bilan o‘zaro kelishuv asosida o‘tkazilib, unda institutimiz profilaktika inspektori, “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari, tyutorlar, psixolog hamda ijtimoiy fanlar bo’yicha professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Seminar davomida qarorning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganilib, jinoyatchilikning oldini olish borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.