Professional ta’lim tizimiga xalqaro standartlarni joriy etish...
Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida Belarus delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘ldi. Uchrashuvda xalqaro standartlarni professional ta’lim tizimiga joriy etish, sifatni oshirish, laboratoriyalar hamda o‘qituvchilar, talabalar almashinuvi, qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilindi. Tashrif o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qildi.Cocoon AI Summary
Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida Belarus Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya vakillari bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda professional ta’lim sohasidagi xalqaro ekspert hamda qo‘shma institut Vasiylik kengashi a’zosi Valeriy Nikolayevich Golubovskiy hamda , professor Yuliya Sergeyevna Sycheva ishtirok etdi..
Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi natijalari, “yo‘l xaritasi” doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor rejalar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, professional ta’lim tizimiga xalqaro standartlarni joriy etish, amaliy ta’lim sifatini oshirish, muhandislik va texnik yo‘nalishlarda zamonaviy laboratoriyalar faoliyatini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini kengaytirish, qo‘shma ilmiy hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, bugungi texnologik taraqqiyot davrida zamonaviy bilim va innovatsion yondashuv muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish va amaliy muhandislik yo‘nalishlarida qo‘l mehnati, aniq kasbiy mahorat va amaliy ko‘nikmaga ega mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj hamon dolzarbligicha qolmoqda.
Shu nuqtai nazardan, Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti faoliyati yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirish, xalqaro standartlar asosida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashda muhim amaliy platforma sifatida e’tirof etildi.
Uchrashuv davomida mehmonlar institutda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, innovatsion yondashuvlar va xalqaro hamkorlik tizimini yuqori baholadilar.
Mazkur tashrif Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi professional ta’lim sohasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda yoshlar uchun xalqaro imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Uchrashuvda Respublika professional ta’lim instituti professor o‘qituvchilari ishtirok etdi.