Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, shuningdek abituriyentlarni o‘qishga kirishda amaliy imtihonlarda qatnashish va boshqa jarayonlarida ochiq-oshkoralik, adolat va shaffoflikni ta’minlash institut faoliyatidagi ustuvor vazifalardan biridir.
‼️ OGOH BO‘LING!
⛔️ Bugungi kunda ayrim shaxslar fuqarolarning ishonchidan foydalanib, ularni "o‘qishga kiritib qo‘yaman", "tanish-bilishlar orqali masalani hal qilaman" kabi yolg‘on va’dalar bilan aldashga urinmoqda.
🗣 Aslida esa oliy ta’lim muassasalariga qabul qonuniy tartibda, belgilangan mezonlar asosida amalga oshiriladi. Hech kim noqonuniy yo‘llar bilan o‘qishga kiritib qo‘yishga kafolat bera olmaydi.
▶️ Ushbu videorolik orqali noqonuniy va’dalarga ishonish qanday oqibatlarga olib kelishi, firibgarlik va korrupsion holatlar uchun javobgarlik muqarrarligi yoritiladi.
❗️ Firibgarlarga aldanmang.
❗️ Pul evaziga muammolarni hal qilishga urinmang.
❗️ Kelajagingizni qonuniy yo‘l va bilim bilan quring.
❗️ Unutmang, amaldagi qonunchilikka muvofiq korrupsion holatlarning barcha ishtirokchilari teng javobgarlikka tortiladi.
⚠️ Eslatma!
Ta’lim jarayoni bilan bog‘liq murojaatlar va aniqlangan holatlar yuzasidan ma’lumotlarni turli norasmiy guruhlar, ijtimoiy tarmoqlar yoki begona shaxslarga tarqatmasdan, bevosita institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limiga yetkazishingizni so‘raymiz.
📩 Murojaatlar uchun aloqa kanallari:
📱 Telegram bot: https://t.me/sbumiptk_antikorrupsiyabot
☎️ Ishonch telefoni: +99893 584-03-74.
Bo’lim manzili: Institutning Ma’muriy binosi 4-qavat, 426-xona orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Bu murojaatlarning tezkor, xolis va qonuniy tartibda ko‘rib chiqilishiga hamda ortiqcha tushunmovchilik va asossiz ma’lumotlar tarqalishining oldini olishga xizmat qiladi.
🌟 Har-birimiz – korrupsiyaga qarshi kurashishda qat’iy va murosasiz bo‘laylik!