🎓 SBUMIPTK EDUCATION CENTER
KELAJAGINGIZ SHU YERDAN BOSHLANADI! 🚀
Toshkent shahridagi Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti huzuridagi "SBUMIPTK Education Center" zamonaviy taʼlim markazi sifatida oʻz faoliyatini boshlaganini mamnuniyat bilan eʼlon qiladi!
Bizning asosiy maqsadimiz – tinglovchilarga zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarni berish, ularni oliy taʼlim va kasbiy faoliyatga puxta tayyorlashdir.
━━━━━━━━━━━━━━━━━━
📚 OʻQITILADIGAN YOʻNALISHLAR
📘 Matematika
⚛️ Fizika
🇷🇺 Rus tili
🇬🇧 Ingliz tili
💻 Informatika
🖥 IT va raqamli texnologiyalar
📖 Hamda boshqa fanlar va zamonaviy taʼlim yoʻnalishlari.
━━━━━━━━━━━━━━━━━━
🚀 SBUMIPTK INTENSIVE
(2 oylik intensiv tayyorlov dasturi)
Mazkur dastur Toshkent shahridagi Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutiga oʻqishga kirishni maqsad qilgan abituriyentlar uchun moʻljallangan.
📌 Kurs davomiyligi — 2 oy.
📌 "SBUMIPTK Intensive" dasturi Matematika, Fizika va Rus tili fanlarini oʻz ichiga oladi hamda mashgʻulotlar mazkur fanlar boʻyicha kuchaytirilgan oʻquv dasturi asosida olib boriladi.
📌 Darslar tajribali professor-oʻqituvchilar tomonidan zamonaviy metodika asosida oʻtiladi.
📌 Tinglovchilarning bilim darajasi muntazam nazorat qilinadi.
🏅 Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga SBUMIPTK Education Centerning belgilangan namunadagi sertifikati topshiriladi.
📜 Sertifikat 1 yil davomida amal qiladi.
🎓 Mazkur sertifikatni qoʻlga kiritgan tinglovchilar Toshkent shahridagi Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutiga amaldagi ichki tartibga muvofiq imtihonsiz, toʻlov-shartnoma asosida oʻqishga qabul qilinadilar.
━━━━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 SBUMIPTK ACADEMY
(Anʼanaviy taʼlim dasturi)
Bilimini oshirishni, fanlarni chuqur oʻrganishni yoki xorijiy tillarni mukammal egallashni istagan barcha tinglovchilar uchun moʻljallangan.
📌 Kurslar yil davomida muntazam tashkil etiladi.
📌 Tinglovchilar oʻzlari qiziqqan fan yoki yoʻnalish boʻyicha chuqurlashtirilgan bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻladilar.
📌 Mashgʻulotlar zamonaviy oʻquv dasturlari asosida olib boriladi.
📌 Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga SBUMIPTK Education Centerning rasmiy sertifikati topshiriladi.
━━━━━━━━━━━━━━━━━━
⭐️ NIMA UCHUN AYNAN BIZ?
✅ Tajribali professor-oʻqituvchilar
✅ Zamonaviy oʻquv dasturlari
✅ Kuchaytirilgan oʻquv metodikasi
✅ Individual yondashuv
✅ Zamonaviy auditoriyalar
✅ Muntazam test va nazorat
✅ Rasmiy sertifikat
✅ Sifatli taʼlim va qulay oʻquv muhiti
━━━━━━━━━━━━━━━━━━
🌟 SBUMIPTK Education Center – bu shunchaki tayyorlov kursi emas!
Bu – kelajak muhandislari, IT mutaxassislari va yetuk kadrlarini tayyorlaydigan zamonaviy taʼlim markazi!
🚀 SBUMIPTK Intensive – Institut talabasi boʻlish sari ishonchli qadam!
🎓 SBUMIPTK Academy – Bilimingizni oshiring, mahoratingizni rivojlantiring va kelajagingizni bugundan yarating!
━━━━━━━━━━━━━━━━━━
📢 QABUL BOSHLANDI!
📍 Manzil: Toshkent shahridagi Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti.
📞 Murojaat uchun: +998 94 887 18 14 Ulugʻbek Taniyev