❕Majlisda institut faoliyatiga oid bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
🎓 Majlis davomida OAK tomonidan berilgan ilmiy daraja diplomi tantanali ravishda topshirildi:
Platoshina Malika Mirkamol qizi — texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Shuningdek, professor ilmiy unvonini olish uchun hujjat topshirgan nomzod bo‘yicha Hisob komissiyasi tuzilib, belgilangan tartibda yashirin ovoz berish jarayoni o‘tkazildi.
🎉 Kengash kun tartibidan o‘rin olgan yana bir muhim masala institutning faxriy ustozlaridan biri Yuzlikayev Farit Rafailovichning 70 yillik yubileyi munosabati bilan uni tantanali ravishda qutlash bo‘ldi. Kengash a'zolari ustozni muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda ilmiy-pedagogik faoliyatida yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tiladilar.
👏 Majlis yakunida Kengash raisi va a'zolari ilmiy darajaga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchini samimiy tabriklab, uning kelgusidagi ilmiy va pedagogik faoliyatiga ulkan zafarlar, yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tiladilar.