Holder Holder

Holder

Joriy yilning 3-dekabr kuni institutda “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.
Tadbirda institutning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” bo‘limi mutaxassisi Ahmad Xodjayev, Toshkent shahar IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tezkor qidiruv xizmati, jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimi podpolkovnik Rustam Qurbonov hamda institut professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.
Suhbat davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uni oldini olishning huquqiy asoslari, halollik va shaffoflik tamoyillarini ta’lim muassasalari hayotida keng tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korrupsion holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, ishtirokchilar yoshlarni korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lishga, qonunga hurmat bilan yondashishga hamda o‘z kelajaklarini faqat halol yo‘l bilan barpo etishga da’vat etdilar.