#Edu.uz
Dual ta’lim dasturini tamomlagan talabalar sertifikat oldi
Prezident topshirig‘iga asosan, “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki va Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti hamkorligida dual ta’lim dasturi amalga oshirildi.
Muhandislik-texnik yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni texnopark sharoitida o‘tashdi. Mashg‘ulotlar davomida talabalar zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari, uskunalar bilan ishlash, ishlab chiqarish jarayonini boshqarish, muammolarni amaliy yechish kabi ko‘nikmalarni egallashdi.
Ushbu dasturni tamomlagan talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandi. “Inno” texnoparki va institut o‘rtasidagi hamkorlik asosida yangi o‘quv guruhlari uchun dual ta’lim dasturlarini davom ettirish rejalashtirilgan.