Green body


Жорий йилнинг 22-ноябр куни Тошкент шаҳридаги Беларус-Ўзбекистон қўшма тармоқлараро амалий техник квалификациялар институтида "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида манзарали ва мевали дарахт кўчатлари экиш тадбири бўлиб ўтди.
Мазкур хайрли тадбирда институт рахбарияти, факультет деканлари ва декан ўринбосарлари, кафедра мудирлари, ўқитувчилар, тьюторлар ҳамда хўжалик ходимлари фаол иштирок этишди.


“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekologik tashabbuslar
Institutimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekologik hasharlar va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. Talabalar va professor-oʼqituvchilar ishtirokida hududdagi daraxt ekinlari parvarish qilindi, yangi koʼchatlar oʼtkazildi hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur tashabbuslar orqali talabalar ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitga masuliyatli munosabatni shakllantirish va yashil maydonlarni kengaytirishga faol hissa qo‘shmoqda.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida “Ziyolilar bog‘i” tashkil etildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oliy ta’lim muassasalarida “Ziyolilar bog‘”larini barpo etish ishlari boshlandi.
Mazkur tashabbusga rasmiy start Jizzax politexnika institutida berilib, tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari, hududiy boshqarmalar va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori Azizbek Bahodirov ham ushbu aksiyada Jizzax shahridan turib ishtirok etdi. Institutning qolgan rahbariyat vakillari, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar institut hududidan turib ushbu aksiyada ishtirok etib, 50 dan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.
“Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladiki...” shiori ostida tashkil etilgan ushbu ezgu tashabbus nafaqat yashil hududlarni barpo etishga, balki yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, ularda tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatni mustahkamlashga xizmat qiladi. Yashil makon – yashil kelajak!


Toshkent shahridagi Belarus-O’zbekiston qo’shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida “Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish” dasturi doirasida institut Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan tabiat qo’ynida Eco Zakovat o’yini o’tkazildi.
O’yin natijalariga ko’ra👇
🏆🥇Perfect jamoasi;
🥈Continental jamoasi;
🥉Leaders jamoasi.
G’oliblar maxsus diplom bilan taqdirlandilar.


Xalqaro Yer kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy majlis qonunchlik palatasi deputati Litvinova Olga Ivanovna, O‘zbekiston Ekologik partiyasining Mirzo Ulug‘bek tumani raisi Azegov Artur, O‘zbekiston Ekologik partiyasining Toshkent shahar tashkilotining bosh mutaxassisi Hamroyev Nusrat va Toshkent Kimyo-texnologiya instituti “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi mudiri Igitov Farrux ishtirok etishdi.
Tashrif davomida talabalarga O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni asrash, havoni ifloslantiruvchi omillar, “Yashil makon” doirasida olib borilayotgan ishlar, davlat rahbarining ekologiyaga doir qabul qilayotgan qarorlari, chiqindilarni qayta ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va Ekologiya partiyasi haqida batafsil ma’lumot berishdi.


🌳 Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti rahbariyati hamda taniqli ijodkorlar Eshqobil Shukur, Farog’at Xudoyqulova va Yahyoxon Fayozlar ishtirokida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida institut bog'ida ko'chatlar ekildi.