Holder Holder

Holder
Joriy yilning 7-dekabr kuni Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar oʻrtasida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovini tashkil etildi. Tanlovda institutning talabalari, magistratura talabalari, tadqiqotchilari, tayanch doktorantlari va yosh professor-o‘qituvchilar o‘z maqolalari bilan ishtirok etdilar. Tanlovda 1-o‘rinni “Konstitutsiyamiz tarixiga bir nazar” mavzusidagi maqolasi uchun Magistr 5M-ST-24 I.A.Axunov, 2-o‘rinni “Yangi qomusning 10 ta asosiy o‘zgarishi” mavzusidagi maqolasi uchun TM 401 guruh talabasi B.A.Xakimov va 3-o‘rinni “Yangi tahrirdagi konstitutsiyamiz erkin va farovon kelajak garovi” mavzusi maqolasi uchun Magistr 6M-BDD-24 N.N.Sobirovlar o‘rin sohiblari bo‘ldilar. Tadbir yosh mutaxassislarning huquqiy bilimlarini chuqurlashtirishga va konstitutsiyaviy islohotlarning dolzarb jihatlarini o‘rganishga xizmat qildi.